Nafisa Nazarboyeva “Miss World Next Top Model 2026” tanlovida vitse-miss unvonini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik model Nafisa Nazarboyeva “Miss World Next Top Model 2026” xalqaro tanlovida birinchi vitse-miss (ikkinchi o‘rin) unvonini qo‘lga kiritdi. Livanda bo‘lib o‘tgan ushbu tanlovda 30 mamlakat vakilasi ishtirok etdi. Birinchi o‘rinni rossiyalik Mariya Isayeva egalladi.
Qayd etilishicha, Nafisa Nazarboyeva 22 yoshda bo‘lib, qoraqalpog‘istonlikdir. Model ushbu tanlovga 5 oy davomida tayyorgarlik ko‘rgan, o‘z ustida ishlab, turli sohalardagi bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirgan. Tanlovda nafaqat tashqi ko‘rinish, balki sahnadagi o‘zini tutish, nutq madaniyati va umumiy imidj ham muhim mezon sifatida baholangan.
Tanlov 10 kun davom etdi va uning ishtirokchilari turli bosqichlarda baholandilar: fotosessiyalar, sahnadagi chiqishlar, notiqlik mahorati hamda shaxsiy taqdimotlar.