Toshkent va Iordaniya poytaxti o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

30-iyundan boshlab Toshkent va Iordaniya poytaxti Amman o‘rtasida muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Yangi yo‘nalish bo‘yicha ilk reysni Royal Jordanian Airlines aviakompaniyasi amalga oshiradi.
Yangi aviaqatnov munosabati bilan Ammanda Iordaniyaning turizm sohasi vakillari, yetakchi turoperatorlar, mehmonxona biznesi hamda Royal Jordanian Airlines rahbariyati ishtirokida O‘zbekistonning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.
Tadbir davomida O‘zbekistonning tarixiy va madaniy merosi, Samarqand, Buxoro, Xiva hamda Shahrisabz kabi qadimiy shaharlarning sayyohlik salohiyati, shuningdek, ekologik, gastronomik, tibbiy, biznes va ziyorat turizmi yo‘nalishlari taqdim etildi.
Parvozlar jadvaliga ko‘ra, RJ196 reysi 30-iyun kuni Ammandan mahalliy vaqt bilan soat 22:50 da jo‘nab, Toshkentga 1-iyul kuni 05:25 da yetib keladi. Toshkent vaqti bo‘yicha samolyot 00:50 da havoga ko‘tariladi.