Toshkentda momaqaldiroq boʻlishi va harorat +33° darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda

E’lon qilingan sana· 52
Toshkentda momaqaldiroq boʻlishi va harorat +33° darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda

Toshkent shahrida 29-iyundan 3-iyulgacha boʻlgan ish haftasi uchun ob-havo ma’lumoti.

Dushanba kuni o‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatilib, kunduzi havo harorati +31°C, kechasi esa +23°C bo‘ladi.

Seshanba kuni momaqaldiroq va qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli 40% etib baholanmoqda. Kunduzi harorat +31°C, kechasi esa +22°C gacha pasayadi.

Chorshanba kuni o‘zgaruvchan bulutli ob-havo saqlanib, kunduzi +33°C issiq bo‘lishi kutilmoqda, kechasi esa harorat taxminan +23°C atrofida bo‘ladi.

Payshanba kuni ham o‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatiladi, havo +32°C gacha isiydi, kechasi esa kam bulutli bo‘lib, +22°C gacha salqinlashadi.

Juma kuni esa kam bulutli va issiq ob-havo hukm suradi, kunduzi harorat +33°C ga yetadi, shanbaga o‘tar kechasi esa o‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatilib, harorat +22°C gacha pasayadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling