Art-terapiya: Toshkentdagi 7 ta ijodiy makon

E’lon qilingan sana· 935
Art-terapiya: Toshkentdagi 7 ta ijodiy makon

Yangi hobbi yoki taassurotlar izlash uchun uzoqqa borish shart emas. Ba’zan bir necha soatni ijodga bagʻishlash ham kundalik tashvishlar va stressdan chalgʻish, yangi insonlar bilan tanishish hamda oʻzingizni kutilmagan tomondan kashf etish uchun yetarli boʻladi.

Soʻnggi paytlarda Toshkentda rasm chizish, kulolchilik va boshqa ijodiy yoʻnalishlardagi workshop’lar va mahorat darslari tobora ommalashib bormoqda. Ularning aksariyati havaskor yangi boshlayotganlar uchun moʻljallangan boʻlib, ishtirok etish uchun na maxsus bilim, na tajriba talab etiladi, faqat qiziqishning oʻzi kifoya.

Afisha.uz sizga mana shunday studiyalar va mahorat darslarini haqida ma’lumot beradi.


DVOE Ceramics Studio

  • false
  • false

DVOE Ceramics Toshkentdagi zamonaviy keramika studiyalaridan biri. Bu yerda kulolchilik oddiy master-klass emas, balki ijodiy tajribaga aylantirilgan: ishtirokchilar oʻz tasavvuriga tayangan holda istalgan buyumni yasashi mumkin. Oldindan tajriba talab etilmaydi, shu sababli mashgʻulotlar ilk bor kulolchilik bilan shugʻullanayotganlar uchun ham mos. Master-klass davomida loy bilan ishlash, kulol charxidan foydalanish va buyumga yakuniy shakl berish bosqichlarini tushuntiriladi. Ishtirokchilar krujka, kosa,likopcha va boshqa dekorativ buyumlar yasashi mumkin.

Darslar odatda 1,5−3 soat davom etadi. Guruhli, individual, juftliklar va korporativ formatdagi mashgʻulotlar muntazam tashkil etiladi. Master-klasslar narxi tanlangan dasturga qarab 310 ming soʻmdan 420 ming soʻmgacha.

Manzil: Furqat koʻchasi
Telefon: (+998) 95−555−9247.


Your Time Your Life

  • false
  • false

Toshkentdagi eng ommabop kreativ studiyalardan biri boʻlgan ushbu studiya, deyarli har hafta turli yo‘nalishlardagi master-klasslarni tashkil etadi. Dastur muntazam yangilanib turadi, shu sababli bu yerga bir necha bor tashrif buyursangiz ham har safar yangi mashg‘ulotni sinab ko‘rishingiz mumkin. Studiyada sham yasash, kintsugi (singan idishlarni ta’mirlash san’ati), interyer uchun dekor buyumlar tayyorlash, akril bo‘yoqlar bilan rasm chizish, teksturali kartinalar, futbolka va shopperlarga rasm ishlash, floristik kompozitsiyalar yaratish, taqinchoqlar tayyorlash hamda boshqa mavsumiy master-klasslar oʻtkaziladi.

Master-klasslar odatda 2−3 soat davom etadi. Barcha kerakli materiallar tashkilotchilar tomonidan taqdim etiladi, tayyorlangan buyumni esa ishtirokchilar o‘zlari bilan olib ketishlari mumkin. Narxlar tanlangan mashg‘ulotga qarab 350 ming so‘mdan 400 ming so‘mgacha.

Manzil: Usta Shirin koʻchasi, 60
Telefon: (+998) 94−044−1092.


Ansora Gallery

  • false
  • false

Ansora Gallery Studiyasi bolalar va kattalar uchun turli ijodiy mashg‘ulotlar, art-terapiya, oilaviy va korporativ master-klasslar tashkil etadi. Workshoplar dasturi mavsumga qarab yangilanib turadi. Bu yerda akril bo‘yoqlar bilan rasm chizish, teksturali kartinalar yaratish, gipsdan dekor buyumlar, sham yasash, canvas painting hamda boshqa ijodiy mashg‘ulotlarda qatnashish mumkin.

Mashg‘ulotlar odatda 1,5−3 soat davom etadi. Kerakli materiallar studiya tomonidan taqdim etiladi, tayyorlangan buyum esa ishtirokchiga esdalik sifatida beriladi. Guruhli, individual va korporativ formatdagi workshoplar oldindan ro‘yxatdan o‘tish orqali tashkil etiladi. Master-klasslarning narxi tanlangan yo‘nalishga qarab o‘zgaradi va odatda 250 ming so‘mdan boshlanadi.

Manzil: Navroʻz Park
Telefon: (+998) 90−914−7473.


Human House

Bu yer ham Toshkent markazida joylashgan ijodiy makon bo‘lib, unda san’at galereyasi, dizaynerlar shourumi, kafe va hunarmandchilik ustaxonalari birlashgan. Markaz muntazam ravishda bolalar va kattalar uchun turli ijodiy workshoplar, ma’ruzalar, ko‘rgazmalar, konsertlar hamda madaniy tadbirlarni tashkil etadi. Workshoplar mavsumga qarab yangilanib turadi. Bu yerda kulolchilik, kashtachilik, to‘quvchilik, rasm chizish, milliy hunarmandchilik, shuningdek, pazandachilik bo‘yicha ham amaliy mashg‘ulotlarda qatnashish mumkin.

Master-klasslar odatda 1,5−3 soat davom etadi. Barcha kerakli materiallar tashkilotchilar tomonidan taqdim etiladi, tayyorlangan buyumlarni esa ishtirokchilar o‘zlari bilan olib ketishlari mumkin. Tadbirlar taqvimi muntazam yangilanib boradi, shu sababli qatnashishdan avval oldindan ro‘yxatdan o‘tish tavsiya etiladi. Narxlar tanlangan mashg‘ulotga qarab farq qiladi.

Manzil: Ivliev koʻchasi, 43 uy
Telefon: (+998) 90−937−8373.


SHARM STUDIO

  • false
  • false

Navro‘z bog‘i hududida joylashgan ijodiy studiya bo‘lib, turli yo‘nalishdagi master-klasslari bilan mashhur. Bu yerda ishtirokchilar nafaqat rasm chizish, balki qo‘l mehnati orqali interyer buyumlari va kosmetik mahsulotlar yaratishni ham o‘rganishlari mumkin. Workshoplar dasturi muntazam yangilanib turadi. Eng ommabop mashg‘ulotlar qatoriga hidli sham yasash, gipsdan dekor buyumlar tayyorlash, rasm chizish hamda arab xattotligi bo‘yicha master-klasslar kiradi. Barcha kerakli materiallar studiya tomonidan taqdim etiladi, tayyorlangan buyumni esa ishtirokchilar o‘zlari bilan olib ketishlari mumkin.

Mashg‘ulotlar odatda 1,5−3 soat davom etadi va oldindan tajriba talab etilmaydi. Narxlar tanlanga mashgʻulotga qarab 50 000 soʻmdan boshlanadi.

Manzil: Labzak koʻchasi, 12A/1
Telefon: (+998) 95−165−5505.


Toshkent Gullari School

  • false
  • false

Toshkent Gullari School turli ijodiy va zamonaviy floristika hamda art yo‘nalishidagi master-klasslarni taqdim etadi. Dasturda ishtirokchilar nafaqat gul dizayni va kompozitsiya yaratish, balki dekorativ san’at va qo‘l mehnati orqali estetik ishlanmalar tayyorlash tajribasiga ega bo‘ladilar.

Dasturi davomida rasm chizish, “brooch art”, zamonaviy kashtachilik hamda vitraj va dekorativ rasm yo‘nalishidagi master-klasslar tashkil etiladi. Barcha master-klasslar uchun zarur materiallar studiya tomonidan taqdim etiladi, ishtirok etish uchun oldindan tajriba talab etilmaydi. Narxlar tanlangan yo‘nalishga qarab 400 000 so‘mdan 450 000 so‘mgacha o‘zgaradi.

Manzil: Buxoro koʻchasi, 26A
Telefon: (+998) 71−252−3525.


Bright Studio

  • false
  • false
  • false

Bright Studio kulolchilik yo‘nalishlarda kattalar va bolalar uchun master-klass va workshoplar tashkil etadigan zamonaviy art-makonlardan biri. Ishtirokchilar loyga ishlav berish, shakl chiqarish texnikalarini bilan tanishadilar. Barcha master-klasslar uchun zarur materiallar studiya tomonidan taqdim etiladi, ishtirok etish uchun oldindan tajriba talab etilmaydi.

Master klasslarga individula hamda oilaviy qatnashish mumkin. Narxlar 120 000 soʻmdan 260 000 soʻmgacha.

Manzillar: Abdullar Qodiriy koʻchasi, 6A, Tashkent City Mall
Telefon:(+998) 95−551−1155, (+998) 95−024−7777.

Farangiz Akbarova
Muallif
Farangiz Akbarova
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling