Iyul oyida qanday ob-havo kuzatiladi?

E’lon qilingan sana· 2 567
Iyul oyida qanday ob-havo kuzatiladi?

Oʻzgidromet xabariga koʻra, yoz faslining eng issiq davri hisoblangan iyul oyida koʻplab hududlarda kunduzgi havo harorati o‘rtacha +35…+38 daraja atrofida bo‘lib, janubiy va cho‘l hududlarda +40…+43 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Qayd etilishicha, ayrim yillarda kuchli issiq to‘lqinlar paytida harorat +45 darajagacha yetishi ham kuzatiladi. So‘nggi yillarda bunday juda issiq kunlar soni ortib borayotgani qayd etilmoqda.

Iyul oyida yog‘ingarchilik juda kam bo‘ladi. Asosan respublikaning tog‘ va tog‘ oldi hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroqlar kuzatilishi mumkin. Umuman olganda, bu oy O‘zbekistonda eng qurg‘oqchil davrlardan biri hisoblanadi.

Toshkentdagi iyul ob-havosi

Toshkentda iyul oyi odatdagidek juda issiq o‘tadi. Oy boshida harorat nisbatan mo‘tadil bo‘lib, kunduzlari +30…+35 daraja atrofida bo‘ladi.

Oyning ikkinchi yarmiga kelib esa issiqlik kuchayadi va harorat ko‘pincha +37…+40 darajagacha ko‘tariladi, ayrim kunlarda esa +41 darajadan ham oshishi mumkin.

Kechasi harorat odatda +22…+26 daraja atrofida bo‘ladi, ba’zan esa issiq tunlar ham kuzatiladi. Iyul davomida Toshkentda yog‘ingarchilik juda kam bo‘lib, qisqa muddatli mahalliy yomg‘irlar istisno tariqasida kuzatiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling