Anons

"Tanabata" festivali

E’lon qilingan sana· 579
"Tanabata" festivali

Ikuo Xirayama nomidagi Xalqaro madaniyat karvonsaroyida yaponlarning an’anaviy “Tanabata” festivali boʻlib oʻtadi.

Tadbir O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Ikuo Xirayama nomidagi Xalqaro madaniyat karvonsaroyi, O‘zbekiston-Yaponiya markazi, O‘zbekistondagi Urasenke choy guruhi, O‘zbekiston-Yaponiya do‘stlik jamiyati hamda “Nevskaya Palitra” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etiladi.

Festival dasturi:

  • manga ko‘rgazma-tanlovi
  • “Yaponiya tabiati” va “An'anaviy yapon taomlari” fotoko‘rgazmalari
  • Tanabata afsonasi bilan tanishuv
  • Origami va tanzaku tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari
  • an’anaviy yapon happi kiyimini kiyib ko‘rish va foto/selfi sessiyasi
  • yapon choyi va shirinliklari (pullik)
  • manga kitoblari almashinuvi
  • boshqa qiziqarli va ko‘ngilochar mashg‘ulotlar

Kirish bepul.

Jadval

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling