IMAN Holding O‘zbekistondagi birinchi neobanklardan biri — Adl Neobank’ni ishga tushidi

E’lon qilingan sana· 60
IMAN Holding O‘zbekistondagi birinchi neobanklardan biri — Adl Neobank’ni ishga tushidi

IMAN Holding tizimning moliyaviy va investitsiya mahsulotlarini birlashtirgan IMANUM 5.0 superilovasini taqdim etdi. Uning asosiy elementlaridan biri — Adl Neobank. Qolaversa, investitsiya, bo‘lib to‘lash va kundalik moliyaviy boshqaruv xizmatlari ham bo‘ladi.

18-iyun kuni bo‘lib o‘tgan “Adolat nuri” taqdimotida IMAN Holding o‘zining yangilangan IMANUM 5.0 super ilovasini taqdim etdi. Mazkur yangi versiya xoldingga tegishli asosiy moliyaviy va investitsion mahsulotlarni yagona ilovada birlashtiradi. Yangilangan super ilovaning uchta asosiy yo‘nalishidan biri Adl Neobank bo‘lib, u O‘zbekistondagi birinchi neobanklardan biri hisoblanadi.

IMANUM 5.0 yangilanishi doirasida foydalanuvchilar quyidagi zamonaviy moliyaviy va investitsion xizmatlardan foydalanishlari mumkin:

  • Adl Neobank — to‘lovlar, virtual va jismoniy kartalar, o‘zaro pul o‘tkazmalar hamda kundalik bank xizmatlari;
  • investitsiyalar — savdo, ko‘chmas mulk va daromad keltiruvchi bizneslarning ulushlariga investitsiya kiritish;
  • bo‘lib to‘lash — tovarlarni bo‘lib to‘lash va avtonasiya.

iman holding, реклама

Fintexdan yangi avlod investitsion xoldingigacha

IMAN Holding o‘z faoliyatini 2019-yilda kichik fintex sifatida boshlab, bir necha yil ichida o‘z mahsulotlar ekotizimi, xalqaro korporativ tuzilmasi va standartlashtirilgan boshqaruv tizimiga ega investitsion xoldingga aylandi.

Bugungi kunda xolding fintex, investitsion loyihalar va raqamli to‘lovlar yo‘nalishlarini rivojlantirib, bitta asosiy maqsad sari harakat qilmoqda — jamiyatda yangi investitsion madaniyatni shakllantirish.

iman holding, реклама

IMAN Holdingʻning missiyasi — Invest Nation g‘oyasini hayotga tatbiq etish, ya’ni insonlar daromadni nafaqat o‘z mehnati, balki turli loyihalarga kiritilgan investitsiya hisobiga ham oladigan jamiyatni barpo etish. Bunda investitsiya qilish uchun boshlang‘ich summa 100 ming so‘mdan boshlanadi.

Xolding jamiyatda keng tarqalgan moliyaviy xulq-atvor modelini o‘zgartirishni maqsad qilgan. Mazkur modelda yirik xaridlar va moliyaviy maqsadlarga ko‘pincha kredit hamda qarz orqali erishiladi. Shu bois, IMAN Holding muqobil yondashuvni taklif etadi — pullarni jamg‘arish, investitsiya qilish va olinadigan dividendlar hisobiga maqsadlar uchun tezroq pul to‘plab qarzlarsiz erishish.

iman holding, реклама

Invest-first SuperApp: avval investitsiya, keyin iste’mol

IMANUM 5.0 asosiy tamoyillaridan biri invest-first modeli bo‘lib, u investitsiyani insonning kundalik moliyaviy hayotining ajralmas qismiga aylantiruvchi yondashuvni ifodalaydi.

Faqat kredit asosidagi iste’molga tayanish o‘rniga, foydalanuvchilar o‘z kapitalini shakllantirish, investitsiya qilish hamda bosqichma-bosqich qo‘shimcha daromad manbaini yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

iman holding, реклама

O‘zbekistonda ilk bor fuqarolar muvaffaqiyatli bizneslarning hamkoriga aylanadi

Yangilanishlar doirasida biznesga investitsiya qilish imkoniyati ham ishga tushirildi. Endilikda har bir fuqaro o‘zi har kuni foydalanadigan sevimli brend va kompaniyalari ulushiga investitsiya kiritib, nafaqat ularning mijozi, balki hamkoriga (ulushdoriga) ham aylanishi mumkin.

IMAN Holdingʻning investitsiya yechimlari orqali hozirda foydalanuvchilar Murad Buildings kompaniyasining “Saadiyat” turar joy majmuasi hamda Cambridge o‘quv markazlari tarmog‘i kabi biznes loyihalariga investitsiya kiritish imkoniyatiga egalar.

iman holding, реклама

Mazkur model O‘zbekiston uchun ilk raqamli private equity investitsiya modeli hisoblanadi. Ilk bor keng jamoatchilik investitsiya vositalari orqali daromadli bizneslarning hamkoriga aylanishi va ushbu kompaniyalar faoliyati natijasida shakllanadigan daromaddan (dividendlardan) ulush olishi mumkin.

Bu investitsiya madaniyati rivojlanishining yangi bosqichi bo‘lib, unda investitsiya imkoniyatlari endi nafaqat yirik bozor ishtirokchilari va yirik investorlar, balki investitsiya qilish istagidagi har bir fuqaro uchun ham ochiq bo‘ladi.

iman holding, реклама

IMAN Holding taraqqiyotining yangi bosqichi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida IMAN Holding qator strategik hamkorlik bitimlarini imzoladi hamda strategik kapitalni jalb etish jarayonini boshladi.

Birlashgan Arab Amirliklaridan strategik hamkorni jalb etish IMAN Holdingʻga raqamli moliyaviy ekotizimni yanada jadal rivojlantirish, mahsulotlarini O‘zbekiston bo‘ylab kengaytirish, islomiy bankni ishga tushirish jarayonini tezlashtirish hamda kompaniyaning xalqaro bozorlarga chiqishiga tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.

iman holding, реклама

IMAN Holding asoschisi Rustam Rahmatov:

“Shunday O‘zbekistonni tasavvur qilingki unda yoshlar ota-onalari katta xaridlar va maqsadlar uchun faqat kredit yoki qarz olib yoki faqat jismoniy yoki aqliy mehnat evaziga olinadigan ish haqi hisobiga emas, balki har kuni foydalanadigan bizneslarning ulushiga ham egalik qilib, u yerdan olinayotgan daromad hisobiga ham o‘z maqsadlarini amalga oshirishayotganini ko‘rib ulg‘ayishsa. Men ishonamanki, biz aynan mana shu yo‘lning boshida turibmiz. Kredit va qarz madaniyati o‘rnini investitsiya madaniyati egallaydi. O‘z kelajagiga investitsiya kiritish imkoniyati nafaqat aholining ayrim qatlamlari, balki har bir inson uchun ochiq bo‘ladi. Invest Nation — bu shunchaki shior emas. Bu o‘z moliyaviy farovonligini o‘zi barpo etayotgan insonlar jamiyati. Ishonamanki, O‘zbekiston bunday hayot tarzi odatiy holga aylangan sanoqli mamlakatlardan biriga aylana oladi”.

iman holding, реклама

Bugungi kunda IMAN Holding texnologiyalar, moliya va islomiy moliya tamoyillarini uyg‘unlashtirgan moliyaviy ekotizimni rivojlantirishda davom etmoqda. Mazkur ekotizim insonlarga shaxsiy moliyani boshqarishning yangi modelini taqdim etadi.

iman holding, реклама

Biroq kompaniyaning mahsulotlari va natijalari ortida bundan-da muhimroq maqsad mujassam — butun bir avlod tafakkurini o‘zgartirish. Qarz va kredit madaniyatidan — mulkdorlik madaniyatiga, iste’moldan — bunyodkorlikka o‘tish. “Bir kun jamg‘araman” degan qarashdan — “Men allaqachon investitsiya qilyapman va dividend olyapman” degan yangi fikrlash sari.

Invest Nation millionlardan boshlanmaydi. U bugun har bir inson qo‘yishi mumkin bo‘lgan ilk qadamdan boshlanadi.

Sayt: imanum.app

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling