Toshkentda havo harorati +40 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

Toshkent shahrida 6−10-iyul kunlari uchun ob-havo ma’lumoti.
Dushanba kuni quyoshli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati +38°C gacha ko‘tariladi, kechasi esa +22°C atrofida bo‘ladi.
7-iyul kuni quyoshli va issiq ob-havo saqlanib qoladi. Kunduzi harorat +37°C gacha ko‘tarilishi, kechasi esa +23°C gacha tushishi kutilmoqda.
Chorshanba kuni ham yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Havo harorati kunduzi +38°C gacha isiydi, kechasi +23°C atrofida bo‘ladi.
9-iyul kuni quyoshli ob-havo davom etadi. Kunduzi harorat +38°C, kechasi esa +24°C bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Juma hafta davomidagi eng issiq kunlardan biri bo‘lishi kutilmoqda — kunduzi havo harorati +40°C gacha ko‘tariladi, kechalari esa +24…+25°C atrofida bo‘ladi.
“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, iyun oyida respublika hududining katta qismida o‘rtacha havo harorati me’yordan 1−2 darajaga yuqori bo‘ldi. Shu bilan birga, rekord darajadagi issiq kuzatilmadi — eng issiq kunlarda havo +38…+41°C gacha, ayrim shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarda +42…+43°C gacha isidi.
2025-yildagi quruq iyundan farqli ravishda, bu yil yozning birinchi oyida yomg‘irlar tez-tez kuzatildi. Jumladan, 19-iyun kuni Toshkentning ayrim hududlarida kuchli jala yog‘di, biroq shaharning boshqa qismlarida yog‘ingarchilik deyarli kuzatilmadi.