Toshkentda 11-xalqaro zamonaviy san’at biennalesi bo‘lib o‘tadi

E’lon qilingan sana· 104
Toshkentda 11-xalqaro zamonaviy san’at biennalesi bo‘lib o‘tadi

Toshkent shahrida 12−16-oktyabr kunlari XI Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesi o‘tkaziladi. Bu yilgi tadbir mavzusi “Voqealar gorizonti” deb nomlangan.

Biennale zamonaviy san’atdagi o‘zgarishlar, inson va texnologiyalar o‘rtasidagi munosabatlar, sun’iy intellekt davrida ijod tushunchasining yangicha talqiniga bag‘ishlanadi.

Unda turli mamlakatlardan rassomlar va ijodkorlar ishtirok etib, modern art (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik) hamda contemporary art (installatsiyalar, video va foto art, konseptual san’at) yo‘nalishidagi asarlarini namoyish qilishi mumkin.

Asosiy ko‘rgazmadan tashqari, biennale doirasida ma’ruzalar, mahorat darslari, xalqaro konferensiya hamda O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab madaniy sayohatlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Xorijlik ishtirokchilarning Toshkentdagi turar joy, ovqatlanish va ichki transfer xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi (aviachiptalar bundan mustasno).

Biennaleda qatnashish uchun arizalar ushbu havola orqali 2026-yil 15-avgustga qadar qabul qilinadi.

Aloqa uchun:

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling