Toshkentda “Islom nuri durdonalari” ko‘rgazmasi ochildi

6-iyul kuni “I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi: tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma'rifat yo‘li” doirasida “Islom nuri durdonalari” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazma Islom sivilizatsiyasi markazining Qur’on zalida tashkil etildi. Undan islom sivilizatsiyasining ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat rivojiga qo‘shgan hissasini aks ettiruvchi noyob eksponatlar joy oldi.
Tashrif buyuruvchilar Ka’ba eshigi kisvasi qismi, XIX-XX asrlarga oid “Alloh” va “Muhammad” yozuvli pannolar, Ka’ba kisvasidan olingan kalligrafik panel, 1900-yilda tayyorlangan Payg‘ambarimiz (s.a.v.) qabrlari yopqichi, “Maqomi Ibrohim”, XIX asrga oid “Mahmil” kabi eksponatlar bilan tanishishi mumkin.

Shuningdek, ko‘rgazmada Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi Islom san’ati muzeyidan keltirilgan noyob qo‘lyozmalar, Qur’on nusxalari, xattotlik, miniatyura va amaliy san’at namunalari ham namoyish qilinmoqda.