Iyulning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda jazirama kuchayadi

E’lon qilingan sana· 111
Iyulning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda jazirama kuchayadi

O‘zbekiston yilning eng issiq davriga kirib bormoqda. Iyulning ikkinchi yarmida havo harorati odatdagidan yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

Prognozlarga ko‘ra, iyul oxirigacha havo harorati 38−43 darajagacha ko‘tarilishi, shimoliy, cho‘l va janubiy hududlarda esa ayrim kunlarda 45 darajaga yetishi mumkin.

Oy davomida asosan quruq ob-havo kuzatiladi. Faqat ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi hamda momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor.

Jazirama kunlarda uzoq vaqt quyosh ostida qolmaslik, ko‘proq suyuqlik ichish va salomatlikka e’tibor berish tavsiya qilindi. Ayniqsa, bolalar, keksalar va surunkali kasalligi bor insonlar ehtiyot bo‘lishi kerak.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling