Anons
“Toshkent mozaikalari” mavzusida open-talk
E’lon qilingan sana: · 78

Masdar Art & Design School’da shaharning noyob me’moriy merosiga bag‘ishlangan “Toshkent mozaikalari” mavzusida open-talk formatidagi ma’ruza bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuv ishtirokchilari poytaxtdagi mashhur mozaikalarning yaratilish tarixi, ularning mualliflari bilan tanishishi, shuningdek, ushbu san’at obyektlarining bugungi kundagi ahamiyati va ularni saqlash usullarini muhokama qilishi mumkin.
Spiker sifatida “Toshkent mozaikalari” loyihasining ilmiy rahbari va maslahatchisi, shuningdek, “Shagayu.uz” ijtimoiy hamjamiyati rahbari Fotima Abdurahmonova ishtirok etadi.
Ishtirok etish narxi:
- kattalar uchun — 200 000 so‘m;
- talabalar uchun — 50 000 so‘m.
(+998) 90−997−5157 telefon raqami orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.
Jadval
11-iyul
15:00
Toshkent, "A.Navoiy" milliy bog‘i