Toshkentda to‘rtta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi

E’lon qilingan sana· 141
Toshkentda to‘rtta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi

11-iyuldan boshlab Toshkent shahrida 15, 22, 54 va 72-sonli avtobus yo‘nalishlari harakat tartibi vaqtincha o‘zgaradi. Bu Yashnobod tumani Aviasozlar ko‘chasidagi issiq suv magistral quvurini almashtirish ishlari bilan bog‘liq.

Ishlar davomida Aviasozlar ko‘chasining Qorasuv ko‘chasidan Aviasozlar-1 ko‘chasigacha bo‘lgan qismi yopiladi.

Avtobuslar harakatidagi o‘zgarishlar:

  • 15, 22 va 72-sonli yo‘nalishlar Aviasozlar — Qorasuv — Qorasuv-2 — Elbek ko‘chalari bo‘ylab harakatlanadi;
  • 54-sonli yo‘nalish Aviasozlar — Qorasuv — Olimkent ko‘chalari bo‘ylab harakatlanadi.

Quvurni almashtirish ishlari 11-iyul soat 8:00 dan 31-iyul soat 6:00 gacha davom etadi. Ushbu davrda yo‘lning mazkur qismi avtomobillar harakati uchun ham yopiq bo‘ladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling