Toshkentda havo harorati +44 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

Toshkent shahrida 13−18-iyul kunlari uchun ob-havo ma’lumoti.
Dushanba kuni havo asosan quyoshli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati +39°C gacha ko‘tariladi, kechasi esa +26°C atrofida bo‘ladi.
Seshanba kuni ham quyoshli va quruq ob-havo saqlanib qoladi. Kunduzi harorat +40°C, kechasi esa +26°C bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Chorshanba kuni quyoshli ob-havo davom etadi. Kunduzi havo +41°C gacha isiydi, kechasi esa +26°C atrofida bo‘ladi.
Payshanba kuni harorat yanada ko‘tariladi. Kunduzi +42°C gacha issiq bo‘lishi, kechasi esa +26°C atrofida saqlanishi kutilmoqda.
Juma hafta davomidagi eng issiq kun bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Kunduzi havo harorati +44°C gacha ko‘tariladi, kechasi esa +27°C atrofida bo‘ladi.
Shanba kuni ham jazirama saqlanib qoladi. Kunduzi havo +43°C gacha isiydi, kechasi esa +27°C atrofida bo‘lishi kutilmoqda.