O‘zbekistonda oliygohlarga kirish test sinovlari sanalari e’lon qilindi
E’lon qilingan sana: · 115

O‘zbekistonda davlat oliy o‘quv yurtlari va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 14−23-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
Test sinovlari ikki smenada tashkil etiladi:
- birinchisi — soat 8:00 dan;
- ikkinchisi — soat 15:00 dan.
Abituriyentlardan imtihon o‘tkaziladigan joyga kamida bir yarim soat oldin yetib kelishlari so‘raladi.
Test sinovlariga ruxsatnomalar my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetda mavjud. Ularni oldindan yuklab olib, chop etish lozim.
Test sinovini faqat ruxsatnomada ko‘rsatilgan joyda, belgilangan kun va smenada topshirish mumkin. Abituriyent yonida pasport yoki ID-kartaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bo‘lishi shart.
Hujjat nusxasi bilan kelgan yoki imtihon boshlanishiga kechikkan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi.