So‘xga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

E’lon qilingan sana· 48
So‘xga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

So‘x tumanida Cessna 208 Caravan va L-410 turidagi havo kemalari orqali muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.

Buning uchun hududdagi uchish-qo‘nish maydoni va yo‘lagi kengaytirilib, qo‘shimcha 13 gektar yer ajratiladi.

Shuningdek, talab yuqori bo‘lgan yangi aviayo‘nalishlarni ochish, tumandan boshqa shahar va tumanlarga jamoat transporti qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Chegara o‘tkazish punktlarida ro‘yxatga olish darchalari soni ikki baravar oshiriladi. Bu fuqarolarning chegaradan tezroq va qulayroq o‘tishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling