Toshkentga “O‘yinchoqlar tarixi” uslubida bezatilgan samolyot kelib qo‘ndi

E’lon qilingan sana· 120
Toshkentga “O‘yinchoqlar tarixi” uslubida bezatilgan samolyot kelib qo‘ndi

Toshkent xalqaro aeroportiga noodatiy samolyot qo‘ndi. China Eastern Airlines kompaniyasining Airbus A330 samolyoti Shanxaydan uchib keldi.

Uning yorqin tashqi ko‘rinishi darhol spotterlar e’tiborini tortdi. Havo kemasi “O‘yinchoqlar tarixi” multfilmining jahon premyerasi munosabati bilan shu uslubda bezatilgan.

Jumladan, Bazz Lightyear qo‘lini oldinga cho‘zgan holda samolyot tumshug‘ida tasvirlangan. Vudi esa uning ortidan ergashmoqda. Samolyotning butun tashqi qismi osmon rangiga bo‘yalgan.

  • false
  • false

Bu turdagi tematik bortlar mintaqa uchun noyob hodisa ekani ta’kidlandi. Shu sababli Toshkentga qo‘ngan samolyot aviatsiya va fotografiya ixlosmandlari uchun katta voqeaga aylandi.

Avvalroq Afisha.uz Pixar studiyasining yangi “O‘yinchoqlar tarixi 5” multfilmiga sharh e’lon qilgandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling