Marvel yulduzi Vay Chin Xo vafot etdi

E’lon qilingan sana· 126
Marvel yulduzi Vay Chin Xo vafot etdi

Gonkongda tug‘ilgan aktrisa Vay Chin Xo 82 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi Deadline.

O‘limga insult sabab bo‘lgan. Aktrisaga eng katta shuhrat Marvel studiyasining teleseriallari orqali keldi: u “Qo‘l” nomli ninzalar jinoiy klanining asoschilaridan biri — Gao xonim obrazini “Daredevil”, “Temir musht” va “Himoyachilar” seriallarida gavdalantirdi.

Xoning boshqa mashhur loyihalari qatoriga Nikolas Keyj ishtirokidagi “Sehrgarning shogirdi”, “Bir binodagi qotilliklar” va boshqalar kiradi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling