Mustaqillik shoh ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi
E’lon qilingan sana: · 71

16-iyuldan 31-iyulga qadar Mustaqillik shoh ko‘chasining Parkent ko‘chasi kesishmasidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida transport harakati vaqtincha cheklanadi.
Shu bilan birga, 16-iyul soat 02:00 dan qurilish-ta'mirlash ishlari yakunlangan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi kesishmasidan Oqqo‘rg‘on ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘nalish transport qatnovi uchun ochiladi.
Cheklovlar Mustaqillik shoh ko‘chasini rekonstruksiya qilishning navbatdagi bosqichi doirasida joriy etilmoqda. Haydovchilarga yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish tavsiya etildi.
