Toshkent–Nurafshon yo‘lida harakat vaqtincha cheklanadi

E’lon qilingan sana· 47
Toshkent–Nurafshon yo‘lida harakat vaqtincha cheklanadi

21-iyulgacha Toshkent va Nurafshonni bog‘lovchi D002 avtomobil yo‘lining bir qismida transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi.

Cheklov yo‘lning 4-kilometridan, ya’ni yangi qurilayotgan ko‘prik hududidan boshlab, 9-kilometrgacha — Avangard aholi yashash joyigacha bo‘lgan uchastkada amal qiladi. Bu vaqt davomida qurilish ishlarini yakunlash va harakat xavfsizligini ta’minlash rejalashtirilgan.

Haydovchilarga ushbu davrda aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etildi. YHXB harakatni oldindan rejalashtirish va vaqtinchalik cheklovlarni inobatga olishni so‘ramoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling