O‘zbekistonda 21-iyuldan issiq pasaya boshlaydi
E’lon qilingan sana: · 97

Dam olish kunlari va 20-iyul kuni O‘zbekiston bo‘ylab anomal issiq ob-havo saqlanib qoladi.
Kunduzgi havo harorati 42−45 darajagacha, janubiy va cho‘l hududlarda esa 46−48 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Toshkentda bugun havo 41−43 darajagacha isiydi. Shanba va yakshanba kunlari esa harorat 43−45 darajagacha ko‘tariladi. Kechalari 25−28 daraja iliq bo‘ladi.
21-iyul, seshanba kunidan boshlab respublikaning barcha hududlarida issiq chekina boshlaydi. Sinoptiklar prognoziga ko‘ra, havo harorati 6−9 darajaga pasayadi.