Toshkentdagi Romanovlar saroyida davlat sanʼat muzeyi filiali tashkil etiladi

E’lon qilingan sana· 528
Toshkentdagi Romanovlar saroyida davlat sanʼat muzeyi filiali tashkil etiladi

Toshkent shahridagi Romanovlar saroyi hududida O‘zbekiston davlat san’at muzeyining filiali tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Loyihaga ko‘ra, saroyning tarixiy qiyofasi saqlab qolinadi. Bu yerda 300 ga yaqin eksponatdan iborat doimiy ekspozitsiya tashkil etilib, tashrif buyuruvchilar uchun yangi muzey makoni yaratiladi.

Shuningdek, Muxtor Ashrafiy uy-muzeyida restavratsiya ishlari davom etmoqda. Binoning fasadi va tarixiy interyerlari tiklanib, ekspozitsiya yangilanadi.

Muzey zamonaviy muhandislik tizimlari, xavfsizlik va iqlim nazorati uskunalari, multimedia texnologiyalari hamda ovoz yozish studiyasi bilan jihozlanishi rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling