23-iyuldan O‘zbekistondan issiq havo oqimlari chekina boshlaydi
E’lon qilingan sana: · 69

23-iyul, payshanba kunidan mamlakatdan issiq havo oqimlari chekina boshlaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
Toshkent shahrida ham hafta davomida harorat pasayib, kunduzi +33°C, kechasi esa +23°C bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek, 21−24-iyul kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari e’lon qilindi.