Toshkent metropoliteniga yana uchta yangi poyezd olib kelindi
E’lon qilingan sana: · 108

Toshkent metropoliteni yana uchta zamonaviy harakat tarkibi bilan to‘ldirildi.
Bu joriy oyda metro parkiga olib kelingan ikkinchi partiya bo‘lib, 12-iyul kuni ham shuncha yangi poyezd yetkazib berilgandi.
Shu tariqa, 2026-yilda xarid qilingan zamonaviy harakat tarkiblari soni 47 taga yetdi. Metropoliten ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil sentyabriga qadar yana 8 ta to‘rt vagonli yangi harakat tarkibini xarid qilish rejalashtirilgan.
Yangi poyezdlar hisobiga metro qatnovi intervallarini qisqartirish, yo‘lovchilarga yanada qulay va xavfsiz xizmat ko‘rsatish hamda vagon parkini bosqichma-bosqich to‘liq yangilash ko‘zda tutilgan.