Mingtepa yodgorligidan VIII asrga oid ehtimoliy hukmdorlar saroyi topildi

E’lon qilingan sana· 54
Mingtepa yodgorligidan VIII asrga oid ehtimoliy hukmdorlar saroyi topildi

Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan Mingtepa arxeologik yodgorligida olib borilayotgan qazishmalar davomida milodiy VIII asrga oid bo‘lishi mumkin bo‘lgan hukmdorlar saroyining me’moriy qoldiqlari aniqlandi.

Qazishma ishlari Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti ilmiy xodimlari tomonidan olib borilmoqda. Tadqiqotlar natijasida yodgorlikning Ark (qal'a) qismida joylashgan va VIII asrning birinchi yarmiga mansub saroy majmuasining me’moriy tuzilishi ochib berildi.

  • false
  • false
  • false

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, inshootning qurilish uslubi ilk o‘rta asrlar davridagi shaharsozlik, me’morchilik hamda davlat boshqaruvi tizimini o‘rganishda muhim ilmiy manba hisoblanadi.

Qazishmalar davomida saroyning zal qismidan VIII asrga oid haykaltaroshlik namunalari ham topilgan. Hozirda ular yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling