Toshkent–Xiva yo‘nalishida ikkinchi “Jaloliddin Manguberdi” tezyurar poyezdi qatnay boshlaydi

E’lon qilingan sana· 70
Toshkent–Xiva yo‘nalishida ikkinchi “Jaloliddin Manguberdi” tezyurar poyezdi qatnay boshlaydi

22-iyuldan “Jaloliddin Manguberdi” yuqori tezlikdagi elektropoyezdining ikkinchi tarkibi Toshkent-Xiva-Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnovni boshlaydi.

Poyezd Toshkentdan dushanba, chorshanba va juma kunlari, Xivadan esa seshanba, payshanba va shanba kunlari harakatlanadi.

Jo‘nash vaqti Toshkent Markaziy vokzalidan soat 07:00, Xiva vokzalidan esa soat 07:15 etib belgilangan. Yo‘nalish bo‘ylab safar davomiyligi 7 soat 36 daqiqani tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, prezidentning 2023-yil 10-oktabrdagi qaroriga muvofiq, Koreya Eksimbanki hamkorligida O‘zbekiston uchun 6 ta “Hyundai Rotem” yuqori tezlikdagi elektropoyezd xarid qilinmoqda.

Hozirga qadar ularning 3 tasi O‘zbekistonga olib kelingan. Birinchi tarkib 2026-yil 5-maydan Toshkent-Xiva-Toshkent yo‘nalishida qatnay boshlagan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling