Anons

Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan “Do‘stlik” festivali

E’lon qilingan sana· 123
Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan “Do‘stlik” festivali

30-iyul — Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan Toshkent shahrida “Do‘stlik” festivali doirasida qator madaniy tadbirlar tashkil etiladi.

  • 23−26-iyul kunlari soat 18:00 dan 20:00 gacha turli millatlarning milliy raqslari va qo‘shiqlaridan iborat konsert dasturlari namoyish etiladi.
  • 27-iyul kuni O‘zbekiston madaniyat va san’at ustalari hamda milliy madaniy markazlarning badiiy havaskor jamoalari ishtirokida “Do‘stlik ohanglari” konserti o‘tkaziladi.
  • 29-iyul kuni esa “Dasturxonlar do‘stligi” milliy taomlar ko‘rgazmasi, milliy liboslar namoyishi va raqs kechasi bo‘lib o‘tadi.

Barcha tadbirlarga kirish bepul.

Manzil: Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasi 45-uy | Yandex Maps.

Murojaat uchun: (+998) 71−253−5780.

Jadval

23dan 29-iyulgacha
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling