Toshkentda dam olish kunlari havo 38 darajagacha isiydi

24−26-iyul kunlari Toshkentda kam bulutli va quruq ob-havo kuzatiladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Bugun kunduzi havo harorati 34−36 daraja bo‘ladi. Shanba kuni kechasi 21−23 daraja, kunduzi 35−37 daraja, yakshanba kuni esa kechasi 22−24 daraja, kunduzi 36−38 darajagacha ko‘tariladi. Shamol sharqdan sekundiga 3−8 metr tezlikda esadi.
24-iyul kuni Toshkent viloyatining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Umuman, dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab asosan kam bulutli va yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib qoladi. Faqat ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Yakshanba kuni respublikaning aksariyat hududlarida havo harorati 36−39 darajagacha, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida esa 40−42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shimol va cho‘l hududlarida shamol sekundiga 13−18 metrgacha kuchayib, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.