Ta’mirlash uchun yopilgan “Chinor” metro bekati 29-iyuldan ochiladi

E’lon qilingan sana· 75
Ta’mirlash uchun yopilgan “Chinor” metro bekati 29-iyuldan ochiladi

13-iyundan rekonstruksiya ishlari sabab vaqtincha yopilgan Toshkent metropolitenining “Chinor” metro bekati 29-iyul kuni soat 05:00 dan boshlab yana yo‘lovchilarni qabul qila boshlaydi.

Bekatda rekonstruksiya va kengaytirish ishlari yakunlandi. Ta’mirlash jarayonida kirish va chiqish qismlari kengaytirilib, turniketlar soni 6 tadan 13 taga yetkazildi. Shuningdek, o‘tish yo‘laklari qayta loyihalashtirilib, bekatdan bekatga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tish imkoniyati yaratildi.

Avval bir kunda o‘rtacha 15 ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan bekat endilikda 35−40 ming nafargacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, rekonstruksiya ishlari yo‘lovchilar uchun yanada qulay va zamonaviy infratuzilmani yaratish maqsadida amalga oshirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling