Bunyodkor ko‘chasidagi cheklov sabab ayrim avtobuslar yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartirildi

2026-yil 28-iyul soat 23:00 dan boshlab Bunyodkor ko‘chasidagi qo‘shimcha yo‘l bo‘lagining Kichik halqa yo‘li (Chilonzor metrosi)dan Qatortol-2 ko‘chasigacha bo‘lgan bir tomonlama qismi qurilish-ta'mirlash ishlari yakunlangunga qadar avtomobillar harakati uchun yopildi.
Shu munosabat bilan ayrim avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgartirildi:
- 41 va 116-sonli avtobuslar (Chilonzor buyum bozori tomon) Kichik halqa yo‘li — Qatortol — Zargarlik — Qatortol-2 — Bunyodkor ko‘chalari orqali harakatlanadi.
- 77-sonli avtobus (Chilonzor-25 dahasi tomon) Kichik halqa yo‘li — Qatortol — Zargarlik — Qatortol-2 — Al-Xorazmiy ko‘chalari orqali qatnaydi.
- 118-sonli avtobus (O‘zposlsavdo bekati tomon) Bunyodkor ko‘chasi — Kichik halqa yo‘li — Qatortol ko‘chalari orqali harakatlanadi.
- 74 va 171-sonli avtobuslarning harakati vaqtincha “Olmazor” metro bekatigacha qisqartiriladi.
Mutasaddilar cheklovlar davrida tirbandliklar yuzaga kelishi mumkinligini, shu sabab avtobuslar harakati va jadvaliga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi ehtimoldan xoli emasligini ma’lum qildi.

Yo‘lovchilarga qatnovlarini oldindan rejalashtirish tavsiya etildi.
Bunyodkor shoh ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati bir oyga cheklandi
Toshkentning Chilonzor tumanida Bunyodkor shoh ko‘chasining ikkinchi darajali qismi bo‘ylab, Chilonzor metro bekatidan So‘g‘alli ota ko‘chasigacha bo‘lgan hududda suv tarmog‘ini kapital ta’mirlash ishlari boshlanadi.