Chirchiqda 24 soat ishlaydigan gastronomik ko‘cha ochildi
E’lon qilingan sana: · 51

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida sayyohlar va mahalliy aholi uchun mo‘ljallangan Amir Temur gastronomik ko‘chasi foydalanishga topshirildi.
Yangi maskan 24/7 rejimida faoliyat yuritib, mehmonlarga kunning istalgan vaqtida ovqatlanish, dam olish va turli xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.
Gastronomik ko‘chada zamonaviy piyodalar yo‘laklari, bolalar maydonchasi, workout zonasi, quruq favvoralar, dekorativ ariq, lazerli yoritish tizimi, fotozonalar va yashil hududlar barpo etilgan.