Toshkentdagi ikki ko‘chada avtomobillar harakati vaqtincha cheklandi
E’lon qilingan sana: · 51

31-iyul soat 23:00dan 3-avgust soat 22:00 gacha Toshkentdagi Mustaqillik shoh ko‘chasining ikkinchi bosqichida asfalt yotqizish ishlarini yakunlash munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi.
Cheklovlar quyidagi uchastkalarda amal qiladi:
- Oqqo‘rg‘on ko‘chasi — Mustaqillik shoh ko‘chasi kesishmasidan Osiyo ko‘chasi kesishmasigacha;
- Parkent ko‘chasi — Mustaqillik shoh ko‘chasi kesishmasidan Parkent-2 ko‘chasi kesishmasigacha.
Cheklovlar asfalt yotqizish ishlarini sifatli va xavfsiz yakunlash, yo‘l infratuzilmasini bosqichma-bosqich takomillashtirish hamda transport harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etildi.

Haydovchilarga qatnov yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish tavsiya etildi.