Toshkentda hafta oxirida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

E’lon qilingan sana· 55
Toshkentda hafta oxirida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

31-iyul-2-avgust kunlari Toshkentda juda issiq ob-havo saqlanib qoladi. Poytaxtda havo harorati kunduzi 37−40 daraja, kechasi esa 23−26 daraja atrofida bo‘ladi.

Shaharda kam bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi.

Ushbu kunlarda O‘zbekistonning aksariyat hududlarida ham anomal issiq saqlanib turadi. Kunduzi havo harorati 38−41 daraja, shimol, janub va cho‘l hududlarida esa 42−43 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Bu ko‘rsatkich iyul oxiri va avgust boshidagi iqlimiy me’yordan 2−4 darajaga yuqori.

Ayrim hududlarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zon kuzatilishi ehtimoli bor. Sinoptiklarga ko‘ra, kelasi haftadan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati asta-sekin pasaya boshlaydi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling