Toshkentda hafta boshidan havo harorati pasaya boshlaydi
E’lon qilingan sana: · 144

Toshkentda 3−7-avgust kunlari uchun ob-havo ma’lumoti.
3-avgust, dushanba kuni havo quyoshli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati +37°C, kechasi esa +24°C atrofida bo‘ladi.
Seshanba kuni havo harorati pasayadi. Asosan quyoshli ob-havo saqlanib qoladi, kunduzi +34°C, kechasi +22°C bo‘lishi kutilmoqda.
5-avgust, chorshanba kuni quyoshli ob-havo davom etadi. Kunduzi havo +34°C, kechasi +21°C gacha pasayadi.
Payshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi harorat +36°C, kechasi esa +22°C bo‘ladi.
7-avgust, juma kuni havo qisman bulutli bo‘ladi. Kunduzi +36°C, kechasi +24°C atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.