“Alisher Navoiy” va “Paxtakor” bekatlari orasidagi eskalator 5-avgustdan qayta ishga tushadi
E’lon qilingan sana: · 51

Toshkent metropolitenining “Alisher Navoiy” va “Paxtakor” bekatlari orasidagi o‘tish yo‘lida ta’mirlanayotgan eskalatorlardan biri 5-avgustdan yo‘lovchilar foydalanishi uchun qayta ochiladi.
Gap “Alisher Navoiy” bekatidan “Paxtakor” bekatiga olib o‘tuvchi 3-raqamli ET-5M rusumli eskalator haqida bormoqda. U tortuvchi zanjirlarini almashtirish ishlari sababli 21-iyuldan 17-avgustgacha yopilishi rejalashtirilgandi.
Metropoliten ma’lumotiga ko‘ra, ta’mirlash ishlari muddatidan oldin yakunlangan. Eskalatorning tortuvchi zanjirlari to‘liq almashtirilgan va u 5-avgustdan yana yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.