Toshkentda 4 ta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi

E’lon qilingan sana· 98
Toshkentda 4 ta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi

6-avgust soat 23:00 dan 10-avgust soat 08:00 gacha Kichik halqa yo‘lining Bunyodkor shoh ko‘chasi bilan Arnasoy ko‘chasi oralig‘idagi qismi transport harakati uchun vaqtincha yopiladi. Shu sababli ayrim avtobus yo‘nalishlarining harakati o‘zgartiriladi.

18 va 80-sonli avtobuslar shahar markazi tomon Arnasoy va Cho‘pon ota ko‘chalari orqali, 77 va 103-sonli avtobuslar esa Bunyodkor va Cho‘pon ota ko‘chalari orqali harakatlanadi.

Cheklovlar davomida hududda tirbandliklar yuzaga kelishi mumkinligi sababli avtobuslar harakati jadvali va intervalida o‘zgarishlar kuzatilishi, zarurat tug‘ilganda esa yo‘nalishlarga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Yo‘lovchilarga safarlarini oldindan rejalashtirish tavsiya etiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling