Toshkentda dam olish kunlari harorat 39 darajagacha ko‘tariladi

E’lon qilingan sana· 182
Toshkentda dam olish kunlari harorat 39 darajagacha ko‘tariladi

7−9-avgust kunlari Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, hafta oxirida havo harorati asta-sekin ko‘tariladi.

Bugun kunduzi havo 36 daraja atrofida bo‘ladi. 8−9-avgust kunlari esa harorat 37−39 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi 21−24 daraja iliq bo‘ladi.

Shamol sharqdan sekundiga 3−8 metr tezlikda esadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling