Issiq davom etadi: poytaxtda bu hafta harorat +41 darajagacha koʻtariladi

10-avgustdan 14-avgustgacha boʻlgan ish haftasi uchun Toshkent shahrida kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.
Dushanba kuni kunduzi havo oʻzgaruvchan bulutli boʻlishi kutilmoqda, harorat 39 °C gacha koʻtariladi. Kechasi esa kam bulutli havo boʻladi va harorat 25 °C gacha tushadi.
11-avgust kuni kunduzi ob-havo kam bulutli boʻladi, harorat 40 °C gacha koʻtariladi. Kechasi esa ob-havo kam bulutli boʻladi, harorat 25 °C gacha tushadi.
Chorshanba kuni kunduzi havo kam bulutli boʻlishi, eng yuqori harorat 41 °C gacha chiqishi mumkin. Kechasi ham havo kam bulutli boʻladi, eng past harorat 25 °C gacha tushadi.
13-avgust kuni kunduzi havo kam bulutli boʻlishi, harorat 40 °C gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi ham kam bulutlilik kuzatiladi, harorat 25 °C gacha tushadi.
Juma kuni kunduzi ham kam bulutli ob-havo kutilmoqda, harorat esa +39°C gacha koʻtariladi. Shanba kuniga oʻtar kechasi kam bulutli ob-havo boʻlishi, harorat +25°C gacha tushishi mumkin.