Yunusoboddagi sobiq sil dispanseri devoridagi mozaikalar boshqa joyga ko‘chiriladi

E’lon qilingan sana· 106
Yunusoboddagi sobiq sil dispanseri devoridagi mozaikalar boshqa joyga ko‘chiriladi

Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan, 1972-yilda qurilgan sobiq tuberkulyoz dispanseri binosi devorlaridagi noyob mozaika kompozitsiyalari saqlab qolinmoqda.

Niyozbek yo‘li 3-tor ko‘chasi, 6-uydagi mozaikalar moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilishiga nomzod sifatida Madaniy meros agentligi e’tiborida turibdi.

Binoda demontaj ishlari rejalashtirilgani sababli, tarixiy-badiiy qiymatga ega mozaikalarni ehtiyotkorlik bilan yechib olish va xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari tashkil etilmoqda. Bu orqali monumental san’at namunalarini butligicha saqlab qolish va kelajak avlodlarga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Mozaikalar XX asrning ikkinchi yarmiga oid monumental san’at namunalaridan biri bo‘lib, ularda inson, tabiat, mehnat, bunyodkorlik, ilm-fan va tinchlik g‘oyalari aks ettirilgan. Asarlarda rang-barang smalt va boshqa mozaika elementlaridan foydalanilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Yunusoboddagi sobiq sil dispanseri devoridagi mozaikalar boshqa joyga ko‘chiriladi — Toshkent Afishasi