Toshkentda 79-sonli yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushdi

E’lon qilingan sana· 171
Toshkentda 79-sonli yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushdi

18-avgustdan Toshkentda 79-sonli TTZ AShB — Beruniy metrosi yangi avtobus yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yildi.

Avtobuslar “TTZ AShB” bekatidan Yuzrabot, Feruza, Mirzo Ulug‘bek, Shohimardon Mo‘minov, Ziyolilar ko‘chalari, Kichik halqa avtomobil yo‘li va Farobiy ko‘chasi orqali “Beruniy metrosi” bekatigacha harakatlanadi.

Yo‘nalish har kuni 05:30 dan 23:00 gacha ishlaydi. 79-sonli yo‘nalishga 8 ta yangi o‘rta sig‘imli “Yutong” avtobusi biriktirilgan. Yo‘nalishda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish “Ideal auto service” MChJga biriktirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling