Poytaxtda yana bir issiq hafta: harorat +38° gacha ko‘tariladi

Toshkentda 17−21-avgust kunlari ish haftasi uchun ob-havo prognozi.
Dushanba kuni kunduzi havo biroz bulutli bo‘lib, harorat +36° gacha ko‘tariladi. Kechasi esa havo biroz bulutli bo‘lib, harorat +22° gacha pasayadi.
18-avgust kuni kunduzi havo biroz bulutli bo‘lib, harorat +37° gacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda. Kechasi havo biroz bulutli bo‘lib, harorat +22° gacha pasayadi.
Chorshanba kuni kunduzi havo biroz bulutli bo‘lib, harorat +37° gacha ko‘tariladi. Kechasi havo biroz bulutli bo‘lib, harorat +22° gacha pasayadi.
20-avgust kuni kunduzi havo biroz bulutli bo‘lib, harorat +38° gacha ko‘tariladi. Kechasi esa havo biroz bulutli bo‘lib, harorat +23° gacha pasayadi.
Juma kuni kunduzi havo o‘zgaruvchan bulutli bo‘lib, harorat +37° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Dam olish kunlariga o‘tar kechasi havo o‘zgaruvchan bulutli bo‘lib, harorat +23° gacha pasayadi.