Shahrisabz ko‘chasidagi BRT yo‘lagi 31-avgustgacha ishga tushiriladi

E’lon qilingan sana· 147
Shahrisabz ko‘chasidagi BRT yo‘lagi 31-avgustgacha ishga tushiriladi

Shahrisabz ko‘chasida BRT yo‘lagi qurilishining birinchi bosqichi doirasidagi 1,2 kilometrli uchastkani 31-avgustgacha yakunlash rejalashtirilgan.

Mazkur qism Shahrisabz-Mirobod-Shota Rustaveli aylanma chorrahasidan Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan hududni qamrab oladi. Ishlar 24-iyuldan boshlangan. Yo‘l faqat ustki qismdan emas, balki 2 metrdan ortiq chuqurlikkacha qazilib, asosi ham qayta tayyorlanmoqda.

BRT yo‘lagida og‘ir va katta sig‘imli avtobuslar qatnashi hisobga olinib, namlikni bartaraf etish, gruntning cho‘kishi va siljishining oldini olish hamda yo‘lning mustahkamligini oshirishga e’tibor qaratilmoqda. Qurilishda qatlamlarni ajratish va yo‘l asosining barqarorligini ta’minlash uchun geotekstil ham qo‘llanmoqda.

  • false
  • false
  • false
  • false

Ushbu uchastkada 6 ta avtobus bekati tashkil etiladi, BRT yo‘lagi esa boshqa transport vositalari qatnov qismidan bordyurlar yordamida ajratiladi. 1,2 kilometrlik qismning foydalanishga topshirilishi Shahrisabz ko‘chasidagi BRT loyihasining birinchi bosqichi bo‘lib, keyingi bosqichlarda yo‘lakni ko‘cha bo‘ylab davom ettirish rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling