Issiq pasaymoqda: poytaxtda dam olish kunlari harorat +34° bo‘ladi
E’lon qilingan sana: · 121

Toshkentda 22 va 23-avgust kunlari uchun ob-havo prognozi.
Shanba kuni kunduzi havo o‘zgaruvchan bulutli bo‘lib, harorat +33° gacha ko‘tariladi. Kechasi esa havo o‘zgaruvchan bulutli bo‘lib, harorat +21° gacha pasayadi.
Yakshanba kuni biroz bulutli ob-havo va haroratning +34° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Dushanbaga o‘tar kechasi havo biroz bulutli bo‘lib, harorat +22° gacha pasayadi.