Toshkentdagi ko‘chalardan biri transport harakati vaqtincha cheklanadi
E’lon qilingan sana: · 10

Olmazor tumanidagi Sag‘bon ko‘chasida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.
Cheklov 24−28-avgust kunlari Farobiy ko‘chasi kesishmasidan Nurafshon ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismda amal qiladi.
Haydovchilarga muqobil yo‘llardan foydalanish va harakat yo‘nalishini oldindan rejalashtirish tavsiya etiladi.
