Toshkentdagi oliygohlarda yangi o‘quv yilidan darslar soat 08:00 da boshlanadi

E’lon qilingan sana· 78
Toshkentdagi oliygohlarda yangi o‘quv yilidan darslar soat 08:00 da boshlanadi

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahridagi oliy ta’lim tashkilotlarida birinchi smenadagi o‘quv mashg‘ulotlari 08:00 da boshlanadi.

Yangi tartib poytaxtdagi transport oqimini samarali tashkil etish, ertalabki va kechki tig‘iz vaqtlarda yo‘llardagi yuklamani kamaytirish hamda ta’lim jarayonini maqbullashtirishga qaratilgan. Darslarning ertaroq boshlanishi talabalar va professor-o‘qituvchilarning harakatlanish vaqtini rejalashtirish hamda kun davomida o‘quv jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Shuningdek, bu tartib kunduzgi va kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun o‘quv kunini to‘g‘ri rejalashtirish va mashg‘ulotlar uchun vaqt imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi. Oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar yangi o‘quv yilidan mazkur tartibni inobatga olishlari so‘ralgan.

Ta’lim muassasalarida darslar qachondan boshlanishi e’lon qilindi

Maktablarda yangi — 2026/2027-o‘quv yilida 2-sentyabrdan boshlanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling