O‘zbekistonda aholi soni 39,5 milliondan oshdi

E’lon qilingan sana: · 149
O‘zbekistonda aholi soni 39,5 milliondan oshdi

2026-yil 1-oktyabr holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 39 535 225 kishini tashkil etdi (ro‘yxatga olish natijalarini hisobga olgan holda). Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, aholi soni 2025-yilning mos davriga nisbatan 692,2 ming kishiga yoki 1,8 foizga ko‘paygan.

Hududlar kesimida doimiy aholi soni:

  • Samarqand viloyati — 4 462 783 kishi
  • Farg‘ona viloyati — 4 293 001 kishi
  • Toshkent viloyati — 3 799 043 kishi
  • Qashqadaryo viloyati — 3 746 228 kishi
  • Andijon viloyati — 3 574 464 kishi
  • Toshkent shahri — 3 278 512 kishi
  • Namangan viloyati — 3 190 767 kishi
  • Surxondaryo viloyati — 3 030 030 kishi
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 2 166 044 kishi
  • Xorazm viloyati — 2 162 068 kishi
  • Buxoro viloyati — 2 125 129 kishi
  • Jizzax viloyati — 1 545 176 kishi
  • Navoiy viloyati — 1 196 559 kishi
  • Sirdaryo viloyati — 965 421 kishi

Avvalroq Oʻzbekistonda 2026-yil 15-yanvar holatiga koʻra, aholi soni 39 047 321 nafarga yetgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling