Statistika: O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilmoqda?
E’lon qilingan sana: · 128

2026-yilning yanvar-sentyabr oylarida 5,9 million nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Mazkur davrda O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p borgan TOP-10 davlat:
- Qirg‘iz Respublikasi — 2 716 447 nafar;
- Qozog‘iston — 1 065 155 nafar;
- Tojikiston — 983 724 nafar;
- Rossiya — 281 571 nafar;
- Turkiya — 239 376 nafar;
- Saudiya Arabistoni — 209 112 nafar;
- BAA — 64 770 nafar;
- Xitoy — 58 531 nafar;
- Misr — 45 583 nafar;
- Vyetnam — 36 347 nafar.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 132,7 ming nafarga oshgan.
Avvalroq O‘zbekistonga 9 oyda 10 million nafardan ortiq sayyoh tashrif buyurgani haqida xabar berilgandi.