Prezident o‘zbek alifbosini o‘zgartirish bo‘yicha qonun loyihasini imzoladi

E’lon qilingan sana: · 194
Prezident o‘zbek alifbosini o‘zgartirish bo‘yicha qonun loyihasini imzoladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda 21-oktyabr kuni Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva xabar berdi.

Avvalroq Senat lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga kiritiladigan o‘zgartirishlarni ma’qullagan edi. Yangi variant amaldagi 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi o‘rniga 28 ta harf va bitta tutuq belgisidan iborat. Sh, Ch, O‘ va G‘ o‘rniga Ş, Ç, Ö va Ğ harflaridan foydalanish, Ng ni esa alohida birlik sifatida alifbo tarkibidan chiqarib tashlash taklif etilgan. Qonunchilik palatasi o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi qonunni iyul boshida qabul qilgan edi.

“Ushbu qonunning 21-oktabr kuni qabul qilinishida chuqur ramziy ma’no bor. Tuzatilgan alifbomiz ma’rifatparvar ajdodlarimiz orzusi, yoshlarimiz savodxonligi va tilimiz mavqeini yuksaltirishga xizmat qilishiga ishonaman. Barchangizni O‘zbek tili bayrami kuni bilan tabriklayman!” — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling