Oʻzbekistonda yangi oʻzbek alifbosi qachondan kuchga kiradi?

E’lon qilingan sana: · 217
Oʻzbekistonda yangi oʻzbek alifbosi qachondan kuchga kiradi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan yangilangan o‘zbek alifbosi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Qonun 2027-yil 22-apreldan kuchga kiradi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan yangilangan o‘zbek alifbosi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Qonun 2027-yil 22-apreldan kuchga kiradi.

Alifboda Sh — Ş, Ch — Ç, O‘ — Ö, G‘ — Ğ bilan almashtiriladi. Shuningdek, Ng harf birikmasi alifboning alohida birligi hisoblanmaydi.

Endi ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasi yangilangan lotin yozuviga o‘tish dasturini tasdiqlashi kerak. Unda turli sohalardagi oʻzgarishlarni amalga oshirish muddatlari koʻrsatiladi.

Qonun kuchga kirgach, ommaviy axborot vositalari va davlat organlari yagona tasdiqlangan alifbo variantidan foydalanishlari va rasmiy ish yuritishda unga o‘tishlari kerak bo‘ladi. Maktab darsliklarini yangi qoidalar asosida chop etish 2031-yilgacha rejalashtirilgan.

2027-yil 22-aprelgacha avvalgi alifbodan foydalangan holda chiqarilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlar o‘z kuchini saqlab qoladi va muomalada qoladi.

Davlat organlarining eski ramzlari, binolardagi gerbning relyefli tasvirlari, geografik nomlar yozilgan peshlavhalar va ko‘rsatkichlardan ularning jismoniy eskirishi yoki hukumat dasturida belgilangan muddatlargacha foydalanishga ruxsat beriladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling