Uchtepa tumanida dam olish maskaniga ega sun'iy koʻl quriladi
E’lon qilingan sana: · 389

Toshkentning Uchtepa tumanida suv ombori yaqinida sun’iy koʻl va dam olish maskani qurilishi boshlandi.

Qayd etilishicha, loyiha uchun 90 sotix boʻsh yer uchastkasi ajratilgan.

Hovuzning maydoni 37 sotix, chuqurligi esa ikki metrni tashkil qiladi.

Ta’kidlanishicha, uni drenaj quduqlari va ariqlardan tabiiy suv oqimi hisobiga to‘ldirish rejalashtirilgan.

Loyiha hududning mikroiqlimini yaxshilash, chang darajasini pasaytirish va aholi uchun yangi dam olish maskani yaratishga qaratilgan.

Ma’lumot uchun, ish 2026-yil oxiriga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Toshkentning Sergeli tumanida sun’iy koʻl qurilayotgani haqida xabar berilgandi.